AsosiyJamiyat

Navoiyda aholi ehtiyoji uchun ajratilgan suyultirilgan gaz talon-toroj qilinganligi fosh etildi

'Navoiyda aholi ehtiyoji uchun ajratilgan suyultirilgan gaz talon-toroj qilinganligi fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Xatirchi-Uchqara” gaz to`ldirish shahobchasi mansabdor shaxslari fuqaro S.A.ga aholi iste`moli uchun ajratilgan 7,2 tonna suyultirilgan gazni har bir kilogrammini 2,5 ming so`mdan hisoblab, 300 AQSh dollari va 14,9 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.Bu haqda Prokuratura departamenti xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, shahobcha mansabdor shaxslari umumiy qiymati 16,2 mln so`lik 5 tonna suyultirilgan gazni hisobotlarga qo`shib yozish orqali ortiqcha chiqim qilib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar