AsosiyJamiyat

Rosselxoznadzor Farg`onadan Rossiyaga pomidor va qalampirdan boshqa barcha o`simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi

'Rosselxoznadzor Farg`onadan Rossiyaga pomidor va qalampirdan boshqa barcha o`simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo`yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) Farg`ona viloyatidan barcha turdagi o`simlik mahsulotlarini olib kirishga qo`yilgan vaqtincha taqiqni olib tashladi. Bu haqda Rosselxoznadzor rasmiy satida xabar berildi. 

“O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasining Rossiya Federasiyasiga eksport qilinayotgan mahsulotlarning fitosanitariya sertifikatlash borasida nazoratning kuchaytirilgani haqidagi ma`lumotidan kelib chiqib, “Rosselxoznadzor” 2021 yil 7 aprelidan boshlab O`zbekiston tomonining bergan kafolatlariga asoslanib Rossiya Federasiyasi hududiga O`zbekiston Respublikasining Farg`ona viloyatidan pomidor va qalampirdan boshqa barcha o`simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat beradi”, - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar