2021 yil 7 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84322 (+195) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
- Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 2 nafari Andijon viloyatida,
- 9 nafari Buxoro viloyatida,
- 18 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Farg`ona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 24 nafari Toshkent viloyatida,
- 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 634 nafarga etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1454 nafar bemordan 229 nafari og`ir, 104 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






