Telegramdagi kanallardan birida “Abiturientlar puli qaerga ketmoqda?” sarlavhasi ostida post e`lon qilindi. Unda Davlat test markazi avtomobil uchun bir dona signalizasiya, bir dona kovrik va bir dona chexolni 9 696 000 so`mga sotib olgani aytilib, tanqid qilingan.
Bu bo`yicha Davlat test markazi quyidagilarni ma`lum qildi:
"Qayd etilgan summa bir dona signalizasiya, kovrik va chexol narxi emas, balki 4 ta mashina uchun xarid qilingan barcha tovarlar va ularga ko`rsatilgan texnik xizmatlarning umumiy miqdoridir.
Mazkur xaridlar O`zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi orqali amalga oshirilgan bo`lib, quyidagi rasmda har bir tovar va ko`rsatilgan xizmat bo`yicha batafsil ma`lumot aks etgan.
Shuningdek, ushbu xaridlar budjetdan tashqari rivojlantirish jamg`armasi hisobidan amalga oshirilgan bo`lib, abiturientlardan test sinovida ishtirok etish uchun undiriladigan yig`imga hech qanday aloqasi yo`q.






