️Majburiy ijro byurosi Izboskan tuman bo`limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo`yicha Izboskan tumanlararo sudining 04.09.2017 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor S.A hisobidan undiruvchi X.U foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun oylik topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Fuqaro S.A tomonidan qasddan voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlab kelishi natijasida 17 mln 178 ming so`m alimentdan qarzdorlik yig`ilishiga sabab bo`lgan.
Yoki, sudning 27.04.2005 yildagi qaroriga asosan T.A voyaga etmagan ikki nafar farzandining moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlab, undiruvchi I.Nga shu kunga qadar 19 mln. so`m miqdordagi aliment pullarini to`lamasdan voyaga etmagan farzandlarining ta`minoti o`z holiga tashlab qo`yilgan.
Shu kabi, fuqaro T.L esa voyaga etmagan ikki nafar farzandining moddiy ta`minlashdan qasddan bo`yin tovlab, jami 13 mln 139 ming so`m miqdordagi aliment pullarini to`lamasdan kelgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Izboskan tuman sudi tomonidan yuqoridagi ma`suliyatsiz otalar O`zbekiston Respublikasi “Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi Kodeksining 47-4-moddasi bilan javobgarlikka tortilib, sud qarori bilan ularga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.






