AsosiyJamiyat

Kinokompaniyalar xarajatlarining bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi

'Kinokompaniyalar xarajatlarining bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7 apreldagi "Kino san`ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida"gi farmoniga ko`ra, Kinokompaniyalar xarajatlarining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Unda O`zbekiston hududida film suratga olgan xorijiy kinokompaniyalar xarajatlarining 10 foizdan 25 foizgacha miqdorda qoplanadi. Rebeyt tizimi butun dunyoda mavjud. Buni o`zimizda qo`llash nafaqat kinosanoatiga balki turizm sohasiga foyda keltiradi.

Mahalliy kinokompaniyalar uchun esa film ishlab chiqarishda to`langan soliq summasining 50 foizi qaytarib beriladi. Bundan byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan filmlar mustasno. Mazkur chora kinokompaniyalarni o`z xarajatlarini haqqoniy ko`rsatishga undash orqali sohada “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar