Tadbirkorlikni rivojlantirishga bag`ishlangan Prezident yig`ilishida ma`lum qilinishicha, ko`rilgan tezkor choralar hisobiga, 33 ta “qizil” tumandan 28 tasida keskin o`zgarish bo`lgan.
“Darakchi” muxbirining yig`ilishda keltirilgan ma`lumotlarga tayanib xabar qilishicha, mazkur 28 ta tumanlarda 2 mingta yangi loyiha ishga tushgan, soliq tushumlari 15 foizga o`sgan, 25 ming yangi ish o`rinlari yaratilgan. Misol uchun, Xovos tumani o`tgan 6 oy davomida 8 pog`ona yuqorilab, Sirdaryo viloyatida 10-o`rindan 2-o`ringa chiqqan.
Ammo Baxmal, Qo`shrabot, Xonqa, Qo`shtepa va Paxtaobod tumanlarida imkoniyatlardan to`liq foydalanilmaganligi sababli mazkur tumanlar barcha sektor rahbarlari qat`iy ogohlantirildi.
Shu bilan birga, “mahallabay” ishlash doirasida, banklar tomonidan tadbirkorlik rivojlanmagan 858 ta “qizil” mahallaning “o`sish nuqtalari” aniqlanib, ular bo`yicha “Yo`l xarita”lari tasdiqlandi. Misol uchun, Piskent tumanida yil yakuniga qadar 21 ta loyiha amalga oshiriladi, 5 mingta yangi ish o`rni yaratiladi, byudjetga qo`shimcha 1,5 milliard, “3 ta daftar” jamg`armalariga 400 million so`m tushum ta`minlanadi.
Eslatib o`tamiz yig`ilishda Qashqadaryo va Navoiy viloyatining qator rahbarlari ishdan ketdi, ba`zilariga ogohlantirish berildi