AsosiyJamiyat

Kecha O`zbekistonda 18 mingdan ortiq odam COVID-19 ga qarshi emlandi

'Kecha O`zbekistonda 18 mingdan ortiq odam COVID-19 ga qarshi emlandi'ning rasmi

8 aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan  jami 18224 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.  Bu haqda SSV xabar berdi. 

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 83076 nafarga etdi.  

- 8 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:  

- Namangan viloyati (2698 nafar),

- Surxondaryo viloyati (2110 nafar),

- Andijon viloyati (1895 nafar),  

- Qashqadaryo viloyati (1760 nafar),

- Xorazm viloyati (1591 nafar),

- Farg`ona viloyati (1487 nafar),

- Jizzax viloyati (1150 nafar),

- Samarqand viloyati (1140 nafar),  

- Toshkent shahri (1078 nafar),  

- Toshkent viloyati (1029 nafar) band qildi.

Yana bir e`tiborli jihati shuki, poytaxtimizdan keyin Namangan viloyatida ham koronavirusga qarshi emlangan aholi 10 ming nafardan oshdi, tdeyiladi xabarda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar