AsosiyJamiyat

Toshkentda "Lasetti", "Damas" va "Spark" avtomobillari halokatga uchradi

'Toshkentda "Lasetti",  "Damas" va "Spark" avtomobillari halokatga uchradi'ning rasmi

IIV YHXBB Axborot xizmati  bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, YTH joriy yilning 9 aprel kuni soat 10:00larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasida joylashgan tuman IIO FMB binosi ro`parasida sodir bo`lgan.

 "Lasetti" boshqarib kelayotgan 1998 yilda tug`ilgan haydovchi F.M., "Damas" boshqarib kelayotgan 1990 yilda tug`ilgan R.F.  va 1978 yilda tug`ilgan D.A. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobillar  ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. 

Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to`qnashuv sodir bo`lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar