“Arsenal” klubi ustozi Arsen Venger EChL nimchorak finalida “Barselona”ga qarshi (2:0) kechgan o`yindan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
- Biz "Barselona"ga qarshi hujum uyushtirishga imkon bermasligimiz kerak edi. Ammo, xatoga yo`l qo`ydik va ular bundan unumli foydalanishdi. "Barselona" bizdan kuchli va buning hech qanday uyatli joyi yo`q. Luis Enrike jamoasi bejizga Chempionlar ligasining amaldagi g`olibi emas, - deydi Venger.
Ma`lumot o`rnida, "Barselona" va "Arsenal" o`rtasidagi javob o`yini 16 mart kuni, “Kamp Nou” stadionida o`tkaziladi.