AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 16 yoshli voyaga etmagan qizning nomusiga tekkan shasxga chora ko`riladi - Senat

'Surxondaryoda 16 yoshli voyaga etmagan qizning nomusiga tekkan shasxga chora ko`riladi - Senat'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 16 yoshli voyaga etmagan qizning nomusiga tekkan shasxga nisbatan qonuniy chora ko`rilishi nazoratga olindi. Bu haqda yuqori palatada 9 aprel kuni bo`lib o`tgan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Ma`lum qilinishicha, jabrlanuvchi qizning ota-onasi adolatni qaror toptirish, jinoyatni amalga oshirgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab bir yildan beri Termiz shahar IIO FMBga va boshqa ma`muriy idoralarga qilgan barcha murojaatlari e`tiborsiz qodirilgan.

Termiz shahar IIO FMB tomonidan mazkur voqea bo`yicha sifatsiz tekshirishlar o`tkazilgani, jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqidagi qarorlar qabul qilingani hamda jinoyatni amalga oshirgan shaxsning do`stlari Termiz shahar IIO FMBda faoliyat yuritishi, shu sabab ish «bosdi-bosdi» qilib kelinayotgani ota-onaning so`nggi chora sifatida Senatga murojaat qilishiga sabab bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida B.E. ismli shaxs 2020 yilning yanvar oyida 16 yoshli voyaga etmagan (maktab o`quvchisi) qizning ojizligidan foydalanib, nomusiga tekkan. Achinarlisi, u 2020 yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo`rqitib, takroran kuch ishlatib nomusiga tegadi.

Shu bilan birga, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qariyb 14 oydan beri Termiz shahar IIO FMB tomonidan qonuniy choralar ko`rilmay kelinmoqda.

Boshqa yangiliklar