Hukumat qarori bilan Onkogematologik va davolash qiyin bo`lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog`lomlashtirishga ko`maklashish jamg`armasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Jamg`arma mablag`lari quyidagilarga yo`naltiriladi:
➖ bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatish uchun asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini sotib olishga;
➖ kasalliklar bo`yicha yuqori texnologiyali murakkab operasiyalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga;
➖ bemorlarga respublikadagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqori texnologik tashxis qo`yish va tibbiy yordam ko`rsatish xizmatlarini xarid qilishga.






