Namanganda 150 ming so`mga “Gashish” sotayotgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, 23 mart kuni viloyat hududida Bosh prokuratura va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo`shma farmoyishiga asosan o`tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 y.t. fuqaro Yangitong MFY hududida tadbir ishtirokchisiga 150.000 so`m pul evaziga o`tkir hidli to`q jigarrang ko`rinishdagi giyohvand moddasiga o`xshash moddani sotayotgan vaqtida qo`lga olingan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko`ra, ushbu moddaning sof og`irligi 0,29 gramm bo`lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.
Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






