AsosiyJamiyat

Chilonzorda oziq-ovqat do`koni va tikuvchilik sexida yong`in sodir bo`ldi

'Chilonzorda oziq-ovqat do`koni va tikuvchilik sexida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ikki ob`ektda yong`in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ma`lum qilinishicha, 9 aprel kuni soat 18:49 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Navbahor ko`chasi «Charxi Komolon» MFY hududidagi oziq-ovqat do`koni va tikuvchilik sexida yong`in kelib chiqqan.

Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv bo`linmalari soat 18:55 da voqea joyiga etib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in 19:14 da o`rab olinib, 19:25 da to`liq bartaraf etildi.

Yong`inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar