Jizzax viloyatida sodir bo`lgan YTH oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, ikki nafari og`ir tan jarohati olgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 6 aprel kuni soat 14:30 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan o`tgan xalqaro Toshkent – Termiz yo`nalishidagi “M-39” yo`lida yo`l-transport hodisasi yuz bergan.
Ma`lum qilinishicha, KMC rusumli yuk avtomobili boshqaruvidagi haydovchi o`zidan oldingi Lacetti rusumidagi avtomobilning orqa qismiga urilishi oqibatida Lacetti qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan VAZ-2106 rusumidagi avtomobil bilan to`qnashib pastlikka tushib ketgan.
Mazkur yo`l-transport hodisasi oqibatida 2 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olib, 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.






