Toshkent va Farg`onada yaroqsiz batareykalarni yig`adigan 171 ta konteyner o`rnatildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Davlat ekologiya qo`mitasi tashabbusi bilan «Toza hudud» va «Maxsustrans» DUKning 701 ta chiqindilarni yig`ish punktlarida maxsus idishlar o`rnatish vazifasi topshirilgan.
Hozirda poytaxtda «Maxsustrans» DUKning 530 ta va xususiy sanitar tozalov kompaniyalarining 171 ta konteynerlari paydo bo`ldi. Konteynerlar o`rnatish ishlari davom etmoqda va ular barcha chiqindilarni yig`ish joylarini qamrab olishi ta`kidlangan.






