AsosiySport

Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 200 mln kuzatuvchiga ega birinchi sportchi bo`ldi

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashhur ijtimoiy taqmoqlarda 200 million kuzatuvchilarga ega bo`lgan birinchi sportchi bo`ldi. 

Portugaliyalik futbolchi “Feysbuk”da 109,7 mln, “Instagram” - 49,6 mln, “Tvitter” - 40,7 mln obunachilarga ega. 

E`tiborlisi, Ronalduning ijtimoiy tarmoqlaridagi obunachilari har kuni 135 ming nafarga ko`payib bormoqda.

Ma`lumot uchun, “Barselona” hujumchisi Lionel Messining ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 120,8 mln.ni tashkil etadi. Qayd etish joiz, argentinalik hujumchi Twitter’da ro`yxatdan o`tmagan.

    Boshqa yangiliklar