AsosiyJamiyat

Bugun havo yanada isishda davom etadi

'Bugun havo yanada isishda davom etadi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-26° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-25° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-19° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar