AsosiyJinoyat

Surxondaryoda o`quvchi qiz zo`rlanganligi va 14 oydan beri zo`ravonga nisbatan xech qanday chora ko`rilmayotganligi yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

'Surxondaryoda o`quvchi qiz zo`rlanganligi va 14 oydan beri zo`ravonga nisbatan xech qanday chora ko`rilmayotganligi yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Kecha, 9 aprel kuni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryoda o`quvchi qizni zo`rlanganligi va 14 oydan beri zo`ravonga nisbatan xech qanday chora ko`rilmayotganligi to`g`risida xabarlar berildi. Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti rasmiy bayonot berdi.

Termiz shahrida yashovchi fuqaro R.S., Termiz shahri bo`yicha IIO FMB 1-sonli IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda qizi 2003 yilda tug`ilgan S.Ch.,ni oldindan tanishi bo`lgan 1994 yilda tug`ilgan B.E. ismli yigit 2020 yilning yanvar oyida Termiz shahrida joylashgan restoranning qorovulxonasida zo`rlab, nomusiga tekkanligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizaning 2020 yil 18 mart kungi xulosasida fuqaro S.Ch.,ning badanida tan jarohatlari va ularning izlari aniqlanmaganligi, qizlik pardasining anatomik butunligi buzilganligi, lekin hodisa ancha oldin bo`lganligi sababli buzilish muddatini aniqlashning imkoniyati yo`qligi ko`rsatilgan.

Bundan tashqari S.Ch.dan olingan kiyimlar bo`yicha nisbatan sud-biologik va sud-kriminalistik ekspertizalar tayinlanib, prosess ishtirokchilari tomonidan taqdim qilingan barcha ashyoviy dalil tariqasida baholanishi mumkin bo`lgan narsalar olinib, tergovga qadar tekshiruv materiallariga qo`shilgan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida bir qator tergov harakatlari amalga oshirilib, ishga aloqador fuqarolardan tushuntirish xatlari olingan. Bundan tashqari mazkur holat doirasida sud-psixologiya hamda sud-psixiatriya ekspertizalari tayinlanib, xulosalari ish materiallariga qo`shilgan.

Mazkur holat yuzasidan 16.03.2021 yilda fuqaro B.E.,ning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud bo`lmaganligi asosi bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Termiz shahar prokuraturasi tomonidan 05.04.2021 yilda jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish qarori bekor qilinib, qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv o`tkazish uchun Termiz shahri bo`yicha IIO FMBga yuborilgan va yurituvga olingan.  

Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti ko`rsatmasiga binoan mas`ul xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlangan.

Hozirda Termiz shahri bo`yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan 06.04.2021 yilda sudga oid qayta komission tibbiy ekspertiza tayinlanib, to`plangan hujjatlar Sog`liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga yuborilgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va uning yakuniga ko`ra qonuniy qaror qilinishi ta`minlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar