AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bank kartalarining chiqarilish va muomalada bo`lishi bo`yicha yangi tartib joriy etildi

'O`zbekistonda bank kartalarining chiqarilish va muomalada bo`lishi bo`yicha yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi hamda «To`lovlar va to`lov tizimlari to`g`risida»gi qonunlarga muvofiq, respublika hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo`lishi qoidalari to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Nizomga muvofiq, bank kartasi saqlovchisining ruxsatisiz boshqa shaxs bank kartasidan foydalanishi mumkin emas. U bankning – karta emitentining mulki hisoblanadi. Shu bilan barga, karta qalbakilashtirishdan va undan noqonuniy foydalanishning boshqa turlaridan himoya qilinishi zarur bo`ladi.

Bundan tashqari, bank kartasining amal qilish muddati karta saqlovchisi va emitent o`rtasida tuzilgan shartnomaga yoki bank kartalari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshiriladigan to`lov tizimi hamda banklararo to`lov tizimi operatorlari tomonidan o`rnatilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi.

Bundan tashqari, nizomda quyidagilar belgilangan:

- Bank kartalarining turlari;

- Bank kartalarini emissiya qilish tartibi;

- Emitentning, bank kartasi saqlovchisining, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotuvchilarning huquq va majburiyatlari;

- Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy va chet el valyutasidagi bank kartalaridan foydalanish tartibi;

- Bank kartalari bilan hisob-kitoblarni, bank kartasidan foydalanilgan holdagi to`lovlarni amalga oshirish tartibi;

- Bank kartasi saqlovchilarining huquqlarini himoya qilish;

- Ekvayerning huquq va majburiyatlari hamda savdo va xizmat ko`rsatish sub`ektlari oldidagi javobgarlik chegarasi;

- Prosessing tashkilotlarining huquq va majburiyatlari;

- Bank kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladigan axborotlarni himoya qilish;

- Bank kartasi bilan operasiyalarni amalga oshirishni to`xtatish va bank kartasini muomaladan chiqarish tartibi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 3 apreldan boshlab kuchga kirgan.

Boshqa yangiliklar