AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonga Qozog`iston tomondan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonga Qozog`iston tomondan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonga Qozog`iston hududlaridan biroz salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol 7-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar