Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida o`tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida, tungi klub, spa salon va saunalarda nazorat-reyd tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Tadbir natijasida Oqqo`rg`on, O`rta Chirchiq, Bekobod tumani va Angren shahrida 3 ta fohishaxona saqlash jinoyati aniqlanib, chora ko`rilishi ta`minlandi.
Masalan, Angren shahar «Dukent» qo`rg`onida yashovchi 1974 y.t. X.Sh. o`zi yashab kelayotgan dala hovlisida fohishaxona tashkil qilganligi aniqlanib, kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Bundan tashqari, fohishalik bilan shug`ullangan 4 nafar shaxsga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 190-moddasiga ko`ra tegishdi hujjatlar rasmiylashtirilgan bo`lsa, karantin qoidalarini buzgan 24 nafar shaxslar aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma tuzildi.






