AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

'Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlari bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikada ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 17-22° iliqdan yuqori bo`lmaydi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo 18-20° iliqgacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar