2021 yil 11 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85114 (+192) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
5 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
24 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
10 nafari Farg`ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
15 nafari Toshkent viloyatida,
120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
Namangan viloyatida 6 nafar,
Samarqand viloyatida 16 nafar,
Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
Farg`ona viloyatida 2 nafar,
Toshkent viloyatida 18 nafar,
Toshkent shahrida 138 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 82943 (+183) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1537 nafar bemordan 229 nafari og`ir, 104 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






