“Milliy tiklanish” partiyasi yangi tahrirda ko`rilayotgan Mehnat kodeksiga moslashuvchan ish vaqti tushunchasini taklif qildi. Bu haqda partiyaning Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov ma`lum qildi.
" Ayollarni oiladagi voz kechib bo`lmas darajadagi qadrli o`rinlarini zaiflashtirmaslik uchun ularga ko`proq vaqt qolishi kerak.
Ayollar mehnat haqini qimmatroq qilib belgilash taklifimizga qarshiliklar bo`layapdi, inson xuquqlari, tenglik prinsiplari buzilarmish... O`zbeklarda onalar va ayollarning haqi doimo ko`proq bo`lgan, bor, bundan keyin ham bo`ladi, qonunda aks ettira olmasak bu qadriyat o`zgarib qolmaydi.
Bu qadriyatni anglamaydigan tarbiyasizlarning ko`payib borayotgani ham, afsuski haqiqat.
Bu ham tarbiya va ta`limdagi fojealarimizdan biri!", – deydi Alisher Qodirov.






