2020 yilning dekabr oyida 39 yoshli Akmaljon Yu., o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida Toshkent shahri, Yashnobod tumani Boyqo`rg`on MFY.,da joylashgan “Wunderkind” xususiy maktabi oldida tanishi 28 yoshli Sardor G., ga 5 000 000 000 so`mlik imtiyozli kredit olishida yordam berishini, uning o`zi bankka kerakli bo`lgan hujjatlarni yig`ib berishini va`da qilib, boshlang`ich to`lov sifatida 10 000 AQSh dollar pul mablag`larini aldov yo`li bilan olib, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan muqaddam sudlangan Akmaljon Yu.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.






