Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish holatlari yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, musiqa asboblarini sotib olish yuzasidan o`tkazilgan tender tanlovida 3,3 mlrd so`mga etkazib berish taklifi mavjud bo`lsada, muqobil qimmatroq variantni ko`rsatgan tadbirkorlik sub`ektini asossiz ravishda tanlovda g`olib sifatida ko`rsatganligi natijasida haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so`mga qimmat narxda sotib olib, byudjet mablag`lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan kompaniya mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






