Kuvaytning «Jazeera Airways» aviakompaniyasi O`zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, O`zbekiston hukumati va Kuvayt davlati o`rtasida havo qatnovi to`g`risidagi bitim asosida «O`zaviasiya» agentligi tomonidan 2021 yil 12 aprel kuni «Jazeera Airways» aviakompaniyasiga Kuvayt–Toshkent–Kuvayt yo`nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ekspluatasion ruxsatnoma berildi.
Qayd etilishicha, aviakompaniya parvozlarni «A320-214» va «A320-251N» havo kemalarida amalga oshirishini ma`lum qildi.






