AsosiyJamiyat

O`zbekiston Gidrometrologiya markazi hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi

'O`zbekiston Gidrometrologiya markazi hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Haftaning birinchi yarmida O`zbekiston hududi bo`yicha ob-havo sharoitini markazi Qozog`istonning janubiy hududlari ustida joylashgan yuqori siklon belgilaydi. Bu haqda Gidrometrologiya markazi xabar berdi.  

Kutilayotgan kecha-kunduzda respublika bo`yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kecha-kunduz davomida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, seshanba kuni Surxondaryo viloyatida momaqaldiroq bilan biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 5-10° iliqni, kunduz kunlari 17-22° iliqni tashkil etadi. 

Chorshanba kuni (14 aprel) respublikaning markaziy hududlarida beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. O`zbekistonning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq atrofida bo`ladi. 

Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9-14° iliq, kunduz kuni 22-27° iliq bo`lgan biroz yuqori, asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. 

Ushbu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor.

Boshqa yangiliklar