AsosiyJamiyat

Namangandagi shifoxonada 28 yoshli ayol bir xonada davolanayotgan sherigining pullarni o`g`irlab ketdi

'Namangandagi shifoxonada 28 yoshli ayol bir xonada davolanayotgan sherigining pullarni o`g`irlab ketdi'ning rasmi

Joriy yil 11 aprel kuni, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1961 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 aprel kuni soat 14:00 larda noma`lum shaxs, tuman hududida joylashgan shifoxonada davolanib yotgan xonasidagi deraza tokchasiga quyilgan ayollar sumkasining ichida bo`lgan 1.300.000 so`m pullarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko`ra, tuman IIB JQB tezkor vakilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu xonada birga davolanayotgan sherigi, Chust tumanida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar