2021 yil 12 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85291 (+177) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
-3 nafari Andijon viloyatida,
-3 nafari Buxoro viloyatida,
-2 nafari Jizzax viloyatida,
-3 nafari Namangan viloyatida,
-17 nafari Samarqand viloyatida,
-3 nafari Sirdaryo viloyatida,
-2 nafari Surxondaryo viloyatida,
-3 nafari Xorazm viloyatida,
- 14 nafari Toshkent viloyatida,
-127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
-Qoraqalpog`iston Respublikasida 11 nafar,
-Navoiy viloyatida 5 nafar,
-Samarqand viloyatida 15 nafar,
-Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
-Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
-Farg`ona viloyatida 3 nafar,
-Toshkent viloyatida 12 nafar,
-Toshkent shahrida 95 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 83089 (+146) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1568 nafar bemordan 229 nafari og`ir, 104 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






