Joriy yilning 12 aprel kungi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Andijon maktablarida SSV ta`qiqlagan dezinfeksiya tunneli o`rnatish buyurildi” sarlavhasi ostidagi xabarlarga javoban viloyat xalq ta`limi boshqarmasi raddiya e`lon qildi:
"Andijon viloyati xalq ta`limi boshqarmasi va undagi mas`ul hodimlar tomonidan umumta`lim maktablariga dezinfeksion tunnellarni o`rnatish yuzasidan hech qanday topshiriq berilmagan.
Qolaversa, xabardagi suratlar bir yil oldingi suratlar ekanligi, hozirda umumta`lim maktablarida dezinfeksion tunnellar faoliyati mavjud emasligini bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan mazkur xabar asossiz (FAKE) ekanligini ta`kidlaymiz" deyiladi xabarda.






