AsosiyJamiyat

Zarbdorda 102 yoshli momo emlandi

'Zarbdorda 102 yoshli momo emlandi'ning rasmi

Jizzax viloyatida ham emlash ishlari izchillik bilan davom etmoqda. Dastlab emlash ishlari faqat Jizzax shahrida olib borilgan bo`lsa, hozirda viloyatning barcha tumanlarida birinchi navbatda emlanadigan aholining emlash ishlari boshlab yuborilgan.   Bu haqda Jizzax viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ayni paytda viloyat bo`yicha jami 11514 kishi emlandi.

Shu kungacha emlanganlardan  vaksinaning nojo`ya ta`siri haqida shikoyatlar tushmadi.

Yaqinda Zarbdor tumanidagi Oqar MFY, Bahor ko`chasida yashovchi 1919 yil tug`ilgan Suymaxol momo Zulimova ham emlandi.

- Bolam jon shirin ekan, mana men 102 yoshga kirib emlandim. Do`xtirlar doimiy holimdan xabar olib turadi. Nojo`ya ta`sirini sezmadim. Iloho yurtimiz doim tinch, Yurtboshimiz omon bo`lsin. Bu baloyu ofatlardan tezroq xalos bo`laylik, - dedi Suymaxol momo duoga qo`l ochib.

Viloyatda emlash ahamiyati haqida OAV, ijtimoiy tarmoqlar va aholi o`rtasida keng targ`ibot ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar