AsosiyJamiyat

O`quvchilar va o`qituvchilar dunyoning eng etakchi oliy ta`lim muassasalarida bepul ta`lim olish imkoniyatini qo`lga kiritishi mumkin

'O`quvchilar va o`qituvchilar dunyoning eng etakchi oliy ta`lim muassasalarida bepul ta`lim olish imkoniyatini qo`lga kiritishi mumkin'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, “El-yurt umidi” jamg`armasi bakalavriat ta`lim dasturi uchun 100 nafar stipendiya ajratgan.

O`qituvchilarda esa ajratilgan 50 tagacha magistratura va doktorantura darajasida ta`lim dasturlari stipendiyasidan foydalanish imkoni mavjud.

Stipendiatlarning quyidagi harajatlari to`liq moliyalashtiriladi:  

  •  o`qishi bilan bog`liq barcha xarajatlar;
  •  xorijiy davlatda yashash
  • turar joy;
  • xalqaro va ichki transport;  
  • sug`urta, viza va adabiyotlar xarid qilish.

 

Stipendiatlar xorijiy davlatlarda muvaffaqiyatli tahsil olib qaytgach, ular O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasiga olinadi.

  • Tanlovda qatnashadigan xorijiy universitetlar ro`yxati;
  • Tanlov shartlari;
  • Talab etiladigan hujjatlar;
  • Imtihon muddatlari;

Savollaringizga Xalq ta`limi vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamg`armasi vakillari javob beradi.

Ochiq muloqot 14 aprel kuni  soat 15:00 da  Xalq ta`limi vazirligining facebook ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasida  bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar