AsosiyJinoyat

“Loto” o`yini sabab samarqandlik fuqaro 7 yillik umrini qamoqxonada o`tkazishiga to`g`ri keladi

'“Loto” o`yini sabab samarqandlik fuqaro 7 yillik umrini qamoqxonada o`tkazishiga to`g`ri keladi'ning rasmi

 2021 yilning 1 aprel kuni soat 20:30 larda viloyat IIB JQB va DXX xodimlari tomonidan Samarqand viloyati, Payariq tumani Mirzo Ulug`bek mahallasida yashovchi 43 yoshli J.Xurshid o`zining yashash xonadonida qimor va tavakkalchilikka asoslangan “LOTO” o`yinini qonunga xilof ravishda tashkil qilib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Hodisa joyidan “LOTO” o`yinida ishtirokchilar tomonidan tikilgan va ularning o`ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi evaziga berilgan jami 298 000 so`m pullar, o`yinda ishlatilgan va zaxiradagi jami 235 dona toshlari, 790 dona ushbu o`yinda foydalanish uchun mo`ljallangan 50 so`mlik tangalar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan J.Xurshidga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar