AsosiyJamiyat

!27 yil ularni eshitmadik, ularga kredit bermadik, ularni kasbga o`qitmadik" – Prezident yoshlar haqida

'!27 yil ularni eshitmadik, ularga kredit bermadik, ularni kasbga o`qitmadik" – Prezident yoshlar haqida'ning rasmi

Yil boshidan buyon yoshlar masalasida ikkinchi marotaba Prezident videoselektor yig`ilishi o`tkazilmoqda. Yanvar oyida o`tkazilgan yig`ilishda 2 ta ustuvor yo`nalish – yoshlarning bandligi va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha topshiriqlar berilgan edi.

QILINGAN IShLAR

“Darakchi” muxbirining videoselektor yig`ilishidan ma`lum qilishicha, 648 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlardan birinchi chorakda 283 ming nafarining bandligi ta`minlangan. 175 ming nafar yoshlarga 45 ming gektar er maydoni ajratilgan.76 ming nafar yoshlar doimiy va jamoat ishlariga joylashtirilgan. 33 ming nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyati uchun 800 milliard so`m kredit, 6 ming nafariga subsidiya ajratilib, bandligiga ko`maklashilgan. Yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish maqsadida 36 mingta qo`shimcha turli to`garaklar tashkil etilib, 874 mingga yaqin yoshlar jalb etilgan. “Besh muhim tashabbus” doirasida 97 mingta madaniyat, sport inventarlari va kompyuterlar, 562 mingta badiiy kitob ta`lim muassasalari, kutubxona va o`quv markazlariga etkazib berilgan.

AMMO, LEKIN, BIROQ...

Lekin, ayrim rahbarlarning yoshlar masalalariga e`tibori, hali ham talab darajasida emas. Masalan:

  • Andijon viloyatida bugungi kunda sanoat korxonalari va klasterlarda 7 mingta doimiy vakant ish o`rinlari mavjudligiga qaramasdan, 80 ming nafar ishsiz yoshlardan, birinchi chorakda 35 ming 600 nafarining bandligi ta`minlangan bo`lsa, shundan bor-yo`g`i 5 mingga yaqini doimiy ishlarga joylashtirilgan, xolos.
  • Bo`sh ish o`rinlariga joylashtirishda kamchiliklarga yo`l qo`yayotgan hududlar: Jalaquduq, Paxtaobod tumanlari va Xonobod shahri.

Xuddi shu kabi, ishsiz yoshlarni kasb va tadbirkorlikka o`qitishda ham muammolar bor. Ayniqsa:

  • Kosonsoyda 4,5 ming nafar ishsiz yoshlarning 31 nafari;
  • Namangan tumanida 3,6 ming nafardan 47 nafari;
  • Taxtako`pirda 1,3 ming nafardan 45 nafari o`qitilgan, xolos.

Shuningdek, yoshlarning o`zini o`zi band qilishi uchun Bandlik jamg`armasidan 7 million so`mgacha subsidiya ajratilishi belgilangan bo`lsa-da:

  • Qashqadaryoda bor-yo`g`i 5 nafar;
  • Andijonda 11 nafar;
  • Qoraqalpog`istonda 76 nafar yoshlarga subsidiya ajratilgan.

27 yil ularni eshitmadik, ularga kredit bermadik, ularni kasbga o`qitmadik”, – dedi Shavkat Mirziyoev yoshlar haqida.

Videoselektor davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar