Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida davom etayotgan videoselektor yig`ilishida “1+1” dasturi ijrosi ham keskin tanqid qilindi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri.
Yanvardagi yig`ilishda mas`ullarga “1+1” dasturi doirasida 100 ming nafar yoshlarni o`qitib, keyin ularga imtiyozli kredit ajratish topshirig`i berilgan edi.
Lekin, bu ishlarni tizimli tashkil eta olishmagani sababli:
- uch oyda respublika bo`yicha 21 ming nafar yoshlar tadbirkorlikka o`qitilgan (viloyatlar kesimida o`rtacha 1,5 ming nafar), Toshkent shahrida atigi 1 mingta, Namanganda esa 1 ming 100 ta sertifikat berilgan.
- Buxoroda esa, bor-yo`g`i 216 nafar yoshlarga kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitish orqali 6,2 milliard so`m kredit ajratilgan (o`qitilganlarning 20 foizi).
- Bundan tashqari, ishsiz yoshlarning bandligini ta`minlash Surxondaryo viloyatida 30 foizni (15 ming 500 nafar) tashkil etib, bu respublikadagi eng past ko`rsatkich.
- Xuddi shu kabi, Xo`jaylida atigi 16 nafar (2 ming nafar yoshlar ishsiz), Furqatda 27 nafar (2,1 ming nafar), Ulug`norda 78 nafar (3,7 ming nafar), Angorda 82 nafar (3,4 ming nafar) ishsiz yoshlar “1+1” loyihasi bilan qamrab olingan.






