Yoshlar masalalariga bag`ishlangan Prezident videoselektor yig`ilishida yoshlar bilan etarli ish olib bormagan ayrim rahbarlar ishdan olindi, ayrimlariga ogohlantirish berildi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri xabar qilmoqda.
Yig`ilishda yoshlar bilan ishlash bo`yicha Shofirkon, Qamashi, Xiva va Chust tumanlarida ham qoniqarsiz deya baholangan bo`lsa, yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun:
- Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari Begimqulov;
- Furqat tumani hokimi Soliev;
- Ulug`nor tumani hokimi Maxsudov;
Yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo`yicha zarur choralar ko`rmagani uchun:
- Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari;
- Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar bo`limlari boshliqlari;
Yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlashda sustkashlikka yo`l qo`ygani uchun:
- Xo`jayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari lavozimidan ozod etiladi.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasining Buxoro va Surxondaryo viloyatlari rahbarlarini lavozimidan bo`shatiladi.






