AsosiyJamiyat

Yoshlarning nufuzli xalqaro sport, madaniyat, san`at va fan tanlovlarida ishtiroki bilan bog`liq xarajatlari qoplanadi

'Yoshlarning nufuzli xalqaro sport, madaniyat, san`at va fan tanlovlarida ishtiroki bilan bog`liq xarajatlari qoplanadi'ning rasmi

Yoshlarni sport, madaniyat va san`atga qiziqtirish uchun konkurs va musobaqalar ko`paytiriladi. Bu haqda Prezident videoselektori yig`ilishida ishtirok etayotgan “Darakchi” muxbiri xabar bermoqda.

Prezident topshirig`iga binoan, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, bosh vazir o`rinbosari Bekzod Musaev, Yoshlar agentligi viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda yoshlarning nufuzli xalqaro sport, madaniyat, san`at va fan tanlovlarida ishtiroki bilan bog`liq xarajatlarni qoplash tizimini yo`lga qo`yadi.

Shu bilan birga, joriy yilda 2 million nafar yoshlarni ta`lim muassasalarining sport zallari va maydonlarida to`garaklar hamda musobaqalarga jalb qilinib, respublika darajasida tanlovlar, musobaqalar o`tkazish grafigini ishlab chiqiladi.

 

    Boshqa yangiliklar