AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ro`za tutish bilan bog`liq savollarga javob beruvchi Call-markaz tizimi joriy qilindi

'O`zbekistonda ro`za tutish bilan bog`liq savollarga javob beruvchi Call-markaz tizimi joriy qilindi'ning rasmi

Ramazon oyida O`zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan mo`min-musulmonlarning telefon orqali yo`llangan ro`za tutish bilan bog`liq barcha shar`iy masalalarga ulamolarning tunu kun javob berish tizimi joriy etildi.

Ma`lum bo`lishicha, mo`min-musulmonlar 13 apreldan 13 mayga qadar haftada etti kun, 24 soat davomida o`zlarining ro`za tutish bilan bog`liq shar`iy savollariga javob olishlari mumkin bo`ladi (ibodat vaqtlaridan tashqari).

Ta`kidlanishicha,  24 soat davomida quyidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilish tavsiya etiladi:

- 99-649-84-44;

- 99-643-84-44.

Boshqa yangiliklar