Yoshlar masalalariga bag`ishlangan Prezident videoselektorida yoshlar bilan ishlashni o`z holiga tashlab qo`ygani uchun, Farg`ona universiteti (Maqsudov), Samarqand qurilish (Axmedov), Qo`qon pedagogika (Otajonov) institutlari rektorlari va Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangier filiali direktori (Olimov) lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri xabar bermoqda.
“Qaysi rektor yotoqxonaga borib yoki bo`sh yotgan madaniyat markazlarida yoshlar bilan uchrashdi, ular bilan muloqotni yo`lga qo`ydi, motivasiya berish, hayotda o`z yo`lini topish va madaniy tadbirlarni tashkil etdi? Afsuski, bu savolga ijobiy javob yo`q”, dedi davlat rahbari.
Boshqa rektorlar qat`iy ogohlantirildi.
Oliy o`quv yurtlari atrofidagi mahallalardagi uyushmagan yoshlarni:
- xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik to`garaklariga jalb etadi;
- ularning ma`naviy dunyoqarashini shakllantirishga ko`maklashadi;
- “yoshlar daftari”dagi yoshlar uchun oliygohlarga kirish bo`yicha bepul tayyorlov kurslarini tashkil etadi.
Ushbu tizim orqali 135 ta oliygoh kamida o`rtacha ming nafardan yoshlarni qamrab olganda ham, kamida 100 ming nafar yoshlarga hayotda o`z o`rnini topishida ko`mak bo`ladi.
“Shu tizim yo`lga qo`yilsa, shaharlarda vaziyat albatta o`zgaradi, adashgan yoshlar soni keskin kamayadi”, dedi Prezident.
Yuqori natija ko`rsatgan rektor, texnikum va kollej rahbarlariga 50 foizgacha ustama to`lab beriladi.






