AsosiyJamiyat

Senat Xorzamda o`zini osgan 19 yoshli kelinchakning o`limi sababini aniqlashga kirishdi

'Senat Xorzamda o`zini osgan 19 yoshli kelinchakning o`limi sababini aniqlashga kirishdi'ning rasmi

Avvalroq Xorazmda 19 yoshli kelin o`zini osib o`ldirgani haqida xabar qilgan edik va bu voqea jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo`ldi.  

Mazkur holatga Bosh prokuratura va Xorazm viloyati prokuraturasi o`z munosabatlarini bildirib, bugungi kunda Shovot tuman prokuraturasi tomonidan holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotganligi, viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv natijalari yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olinganligini ma`lum qilgan.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Q.Burxanov tomonidan ham ushbu holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olindi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar qildi. 

O`rganishlar yakuni bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi, deyilgan xabarda. 

    Boshqa yangiliklar