O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-25° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-23° iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliq bo`ladi.






