AsosiyJamiyat

"Qibray – Qo`yliq – viloyat markaziy shifoxonasi” yo`nalishida yangi avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi

'"Qibray – Qo`yliq – viloyat markaziy shifoxonasi” yo`nalishida yangi avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Qibray tuman aholisidan kelib tushgan murojaatlar, Xalq deputatlari Qibray tumani kengashi deputatlari, MFY raislarining takliflari o`rganib chiqilib ushbu yo`nalishda avtobus qatnovlari tashkil etildi.  Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda. 

Yangi yo`nalishda avtobus qatnovining yo`lga qo`yilishi bilan tumanning "Mirishkor", "Arg`in", "Bahor", "Tovkattepa", "Ibrat",  "Yangiobod", "Do`rmon", "Alisherobod" kabi qator MFY aholisi uchun qulay sharoitda manziliga borib kelish imkoniyati yaratildi.  

Ushbu yo`nalishda avtobuslar har kuni soat 5:30 dan kech soat 21:00 ga qadar yo`lovchilarga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar