AsosiyJinoyat

Qarshi davlat universiteti talabasi o`zini osib qo`ygani aytilgan xabarga izoh berildi

'Qarshi davlat universiteti talabasi o`zini osib qo`ygani aytilgan xabarga izoh berildi'ning rasmi

platforma.uz telegram kanalida «Talaba nega o`z joniga qasd qildi?» sarlavhali xabar chiqarilgan. Unda Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to`lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o`zini osib qo`yganligi haqida bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra, 2021 yil 27 fevral kuni jinoyat ishini qo`zg`atishni rad qilish to`g`risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, xabarda talaba qishki sessiya imtihonlaridan o`tolmaganligi va uning imtihondan o`tishi  uchun  o`qituvchi katta miqdorda pora talab qilganligi ko`rsatilgan va aynan shu holat marhumning o`z joniga qasd qilishiga sabab bo`lgan degan tahmin ilgari surilgan.  

Shunga ko`ra, mazkur vajni o`rganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.  

Natijalari haqida qo`shimcha xabar qilinadi.

    Boshqa yangiliklar