AsosiyJinoyat

Surxondaryoda fermer xo`jaligiga tegishli erni sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Surxondaryoda fermer xo`jaligiga tegishli erni sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati, Bandixon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, “Ya.N.” fermer xo`jaligi hududidan 40 sotix er maydonini shaxsiy tomorqa sifatida foydalanish uchun olib berib, tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 120 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar