AsosiyJinoyat

Samarqandda “Tik-Tok”ga chiqarib, sharmanda qilmaslik uchun pul talab qilgan tovlamachi yoshlar qo`lga tushdi

'Samarqandda “Tik-Tok”ga chiqarib, sharmanda qilmaslik uchun pul talab qilgan tovlamachi yoshlar qo`lga tushdi'ning rasmi

2021 yilning 8 aprel kuni fuqaro 25 yoshli M.Maqsud Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB ga ariza bilan murojaat qiladi. Unda 2021 yil 5 aprel kuni 26 yoshli U.Muxiddin uni aldov yo`li bilan Samarqand tumani “Bo`zi” mahallasi hududidagi qarovsiz joyga olib borib, u erda unga tazyiq o`tkazib, narxi 2 200 000 so`mlik “SAMSUNG S-20A” rusumli, narxi 1 500 000 so`mlik “SAMSUNG” rusumli telefon apparatlarini hamda 200 AQSh dollar va 112.000 so`m pul mablag`larini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilganidan shikoyat qilingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi. 

Shuningdek, talonchilar ushbu holatni videotasvirga olib, videotasvirni “Tik-Tok” ijtimoiy tarmog`iga chiqarib, sharmanda qilmasliklari uchun telefonlarini qaytarib olishi uchun 5 000 000 so`m pul berishini talab qilishadi. Samarqand shahri “Kaftarxona” mahallasi hududida U.Muxiddin va B.Sherzodlar M.Maqsuddan tovlamachilik yo`li bilan 400 AQSh dollar olayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan U.Muxiddin va B.Sherzodlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari jarayonida, jabrlanuvchi M.Maqsud U.Muxiddin ofisiant bo`lib ishlagan restoranda ovqatlanib, 1 000 000 so`m pullarni to`lamasdan ketib qolganligi sababli, U.Muxiddin ishdan bo`shatilganligini qasdini olish maqsadida ushbu jinoyatni sodir qilganligi aniqlangan.    

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar