Shu yilning 6 aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, Chjou Ke Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda IIV ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Chjou Ke joriy yilning mart oyi o`rtalarida Bo`stonliq tumani «Amirsoy» tog` chang`i kurortiga dam olish maqsadida kelgan va ehtiyosizligi oqibatida o`ziga tegishli bo`lgan uyali aloqa apparatini yo`qotib qo`ygan. Shu sababli u yo`qotilgan uyali aloqa apparatini topishda amaliy yordam so`ragan.
IIBB XTTB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Chjou Kega tegishli bo`lgan uyali aloqa apparatini «Amirsoy» tog` chang`i kurortida chang`i uchishni o`rgatuvchi bo`lib ishlovchi, 1990 y.t. A.O. topib olib, o`z maqsadi yo`lida foydalanmoqchi bo`lganligi aniqlangan. Shundan so`ng telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirilib olinib, mulk egasiga qaytarib berilgan.
− Men telefonimni yo`qotdim, topilmasa kerak deb o`ylagan edim. Lekin murojaat qilganimdan so`ng, juda qisqa muddat telefonim topildi. Turizm polisiyasi xodimlarining operativ ishlashiga qoyil qoldim -deydi xitoylik mehmon Chjou Ke.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan hozirda fuqaro A.O.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 62-moddasi asosida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






