AsosiyJamiyat

Markaziy saylov komissiyasi Prezident sayloviga tayyorgarlikni boshladi

'Markaziy saylov komissiyasi Prezident sayloviga tayyorgarlikni boshladi'ning rasmi

MSK axborot xizmati xabar berishicha, komisssiyaning majlisida O`zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Asosiy tadbirlar dasturida saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish, ushbu jarayonda axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish, saylovga tayyorgarlik jarayonini koronavirus pandemiyasi sharoitini hisobga olgan holda o`tkazish bo`yicha aniq vazifalar belgilandi.

Eslatib o`tamiz, mamlakatimiz saylov qonunchiligiga kiritilgan o`zgartishlarga binoan endi Prezident saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari saylovi ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar