AsosiyJamiyat

Vaksina qilingan fuqarodan koronovirus kasalligini yuqtirib olish mumkinmi?

'Vaksina qilingan fuqarodan koronovirus kasalligini yuqtirib olish mumkinmi?'ning rasmi

AOKAda 14 aprel kuni Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda «Emlangan fuqarodan koronovirus kasalligini yuqtirib olish mumkinmi?» degan savolga javob berildi.

Xabarga ko`ra, shu davrga qadar bunday holatlar tasdiqlanmagan. Ilmiy adabiyotlarda vaksina olganlarning ba`zilari kasallikni engil darajada kechirishlari mumkin, deb yozilgan. Ya`ni emlangan inson kasallikning o`sha engil darajasini o`tkazish davrida virus tarqatuvchi bo`lib qolishini ham ko`rsatadi. Ta`kidlanishicha, bu barcha emlangan va emlanmaganlarning karantin qoidalariga rioya qilishlari zarur ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ma`lum qilinishicha, agarda emlashdan so`ng koronavirus kasalligining engil darajasi paydo bo`lsa, bu bemorlar alohidalanishi, doimiy niqob taqib yurishi, ijtimoiy masofani saqlashi va qo`llariga antiseptik vositalar bilan ishlov berishlari yoki sovun bilan yuvishlari talab etiladi.

Boshqa yangiliklar